Sur la Lande parfyumeriya suvi, 100 ml
Sur la Lande parfyumeriya suvi, 100 ml
Shoshiling, omborda atigi 5 ta mahsulot qoldi.
Olib ketish imkoniyati haqidagi ma’lumotlarni yuklab bo‘lmadi.
Tavsif
Tavsif
Sur la Lande parfyumeriya suvi — dengiz shabadasi va Bretanning bepoyon sohilbo‘yi tekisliklaridan ilhomlangan gulli-ambrali mineral ifor. Kompozitsiyada yovvoyi gullarning xushbo‘yligi, Yasmin va Moychechakning yorqin dueti hamda Suv o‘tlarining mineral akkordi uyg‘unlashgan.
Sur la Lande ifori
Olfaktor guruhi: gulli-ambrali mineral.
Ifir notalari: Moychechak, Yasmin, Suv o‘tlari.
Yasmin va Moychechakning gulli jarangi Suv o‘tlarining mineral ohanglari bilan to‘ldirilib, okean sohilidagi yovvoyi tabiat muhitini aks ettiradi.
«Bu ajoyib, bepoyon va yovvoyi tabiatning asl mohiyatini, Bretanning go‘zal manzarasini o‘zida mujassam etgan iforli otkritka. Suv sathi fonidagi ilhomlantiruvchi, betakror kengliklar…»
Karolin Dyumür, parfyumer.
Sur la Lande — «Bepoyon Kengliklar» degan ma’noni anglatadi.
Qadoq va saralash
Yves Rocher parfyumeriyasi atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga intilgan holda yaratiladi: qadoqda faqat zarur qismlar saqlanadi.
- Shisha flakon qayta ishlanishi mumkin.
- Quti to‘liq qayta ishlanishi mumkin.
- O‘rmonlarni asrashga xizmat qiluvchi FSC™ sertifikatiga ega kartondan foydalanilgan.
Karton qutini qog‘oz va karton uchun, flakonni shisha uchun, qopqoqni esa plastik uchun mo‘ljallangan konteynerga joylashtiring. Qadoqlarni saralash orqali materiallarga ikkinchi hayot berishga yordam berasiz.
Ehtiyot choralari
Ta’sirlangan teriga surtmang. Ko‘zga tushishidan saqlaning. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang. Mahsulot yonuvchan.
Sur la Lande parfyumeriya suvini Toshkentda xarid qilish va O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berishga buyurtma qilish mumkin.
