Asosiy mazmunga o‘tish
youtube Videoni yuklash:

O‘simliklar bo‘yicha bilim va tajribamiz

ASOSIY TAMOYILLARIMIZ

Eng samarali yechimlar ko‘pincha ko‘z o‘ngimizda — tabiatda bo‘ladi. Biz yanada tabiiy va ekologik mas’uliyatli go‘zallik uchun o‘simliklar salohiyatini ochib beramiz.

Kosmetika teringizga doimo ehtiyotkorlik bilan ta’sir qilishini ta’minlash va eng samarali mahsulotlarni taklif etish uchun 4 tamoyilga qat’iy amal qilamiz:

Tabiatdan ilhom
Tabiatdan ilhom

Atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilgan holda o‘simliklarni o‘rganishning samarali usullarini ishlab chiqish uchun eng yaxshi g‘oyalarni tabiatdan izlaymiz. O‘simliklarning tuzilishi va tabiiy sharoitda qanday faoliyat ko‘rsatishini kuzatib, o‘rganamiz hamda olgan bilimlarimizdan ilhomlanib, ularning foydali xususiyatlarini teriga yetkazamiz.

O‘simlikdan ekologik toza ekstraktgacha
O‘simlikdan ekologik toza ekstraktgacha

Biz tarkibning imkon qadar tabiiy bo‘lishini ta’minlaydigan va faol o‘simlik tarkibiy qismlarimizning teriga singishini osonlashtiradigan 100% tabiiy ekstraksiya jarayonlariga ustunlik beramiz.

Tabiiy tarkibning yuqori ulushi
Tabiiy tarkibning yuqori ulushi

Мы стремимся создавать все более натуральные формулы с активными ингредиентами, полученными из растений, выращенных путем земледелия с позитивным эффектом и незначительным воздействием на окружающую среду.

Mahsulotlarimizning 100 foizini sinovdan o‘tkazamiz
Mahsulotlarimizning 100 foizini sinovdan o‘tkazamiz

Teriga mosligi, samaradorligi va foydalanishdagi sezgi xususiyatlarini kafolatlash uchun mahsulotlarimizning 100 foizini sinovdan o‘tkazamiz.

youtube Videoni yuklash:

BIZNING ASOSIY O‘SIMLIKLARIMIZ

60 yildan ortiq vaqt davomida tabiatning eng yaxshi ne’matlarini o‘rganib, sizga 100% o‘simlikdan olingan faol tarkibiy qismlarga asoslangan, samarali va foydalanishdan zavq bag‘ishlaydigan parvarish vositalarini taklif etamiz.

La Gacillydagi asosiy o‘simliklarimiz — moychechak, kalendula va bo‘tako‘z — organik bo‘lib, Etik biologik savdo ittifoqi (UEBT) tomonidan sertifikatlangan va agroekologiya qoidalariga muvofiq yetishtiriladi. Biz aynan shu dehqonchilik usulini qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki u tabiiy resurslarga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish va biologik xilma-xillikni tiklashga yordam berib, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.