Asosiy mazmunga o‘tish
Yves Rocher

Birgalikda barqaror go‘zallik konsepsiyasini ro‘yobga chiqarish sari intilamiz — act beautiful, ya’ni go‘zallik amalda

O‘simlikdan terigacha — biz yanada barqaror go‘zallik sari intilishda davom etamiz.

Qanday qilib? Act beautiful* dasturimiz orqali: tabiiy va ekologik mas’uliyatli go‘zallikni barchaga taqdim etish uchun 2030-yilgacha belgilangan aniq harakatlar va maqsadlar yordamida.

Act beautiful* dasturimiz doirasidagi 10 ta majburiyat bilan tanishing.

*Go‘zallik amalda

O‘SIMLIKLAR ASOSIDAGI SAMARALI FRANSUZ KOSMETIKASI

O‘simliklardan olingan faol tarkibiy qismlarning 100 % samaradorligi isbotlangan mahsulotlarda qo‘llaniladi.
Mahsulotlarning 95 % dan ortig‘i Fransiyada ishlab chiqariladi.

BATAFSIL

Biz 1959-yildan buyon tabiat va o‘simliklar kuchidan ilhom olamiz.

O‘simliklar sohasidagi tajribamiz tufayli faol tarkibiy qismlarning 100 % o‘simliklardan olinadi va samaradorligi isbotlangan mahsulotlarda qo‘llaniladi. Kosmetika samaradorligini kafolatlash uchun har yili 200 dan ortiq sinov o‘tkaziladi.

Botanika bog‘imiz — o‘simliklarni o‘rganish sohasidagi innovatsiyalar manbai va ochiq osmon ostidagi haqiqiy laboratoriya. 1975-yilda La Gasiyida tashkil etilganidan buyon bu yerda 5 000 dan ortiq o‘simlik yetishtirildi va o‘rganildi.

Fransuz brendi sifatida ishlab chiqarishning asosiy qismini vatanimizda saqlab qolish majburiyatiga sodiqmiz. Kosmetik mahsulotlarimizning 95 % dan ortig‘i* Fransiyada, ularning 93 % esa Bretan mintaqasidagi o‘z korxonalarimizda ishlab chiqariladi.

*Qolganlari — maxsus ishlab chiqarish texnologiyalarini talab qiladigan ayrim pardoz vositalari: qalamlar va upalar. Ular uchun Yevropadagi pudratchilar xizmatidan foydalanamiz. Mahsulotlarimizning 1 % dan kamrog‘i Yevropadan tashqarida ishlab chiqariladi. Bular Xitoy va Koreyada tayyorlanadigan ayrim pardoz aksessuarlari — cho‘tkalar va qalam o‘tkirlagichlar.

BAHSLI TARKIBIY QISMLARNI CHEKLASH ORQALI YANADA TABIIY FORMULALAR

Barcha parvarish mahsulotlarimiz tarkibidagi tabiiy kelib chiqishga ega tarkibiy qismlar ulushi 93 % dan ortiq. Maqsadimiz — 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkichni 96 % dan oshirish.
Yevropa me’yorlarida nazarda tutilgan moddalardan tashqari yana 450 dan ortiq tarkibiy qism formulalarimizdan chiqarilgan.

BATAFSIL

Biz sifatli mahsulotlarni taklif etish uchun formulalarimiz asosiga tabiiylikni qo‘yamiz. Tabiiy kelib chiqishga ega tarkibiy qismlardan foydalanib, ularning xavfsizligi, samaradorligi va teriga mosligini ta’minlaymiz.

Yuz parvarishi mahsulotlarimiz o‘rtacha 93 % dan ortiq tabiiy kelib chiqishga ega tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Formulalarni doimiy takomillashtirish orqali 2030-yilga kelib samaradorlik va teksturani saqlagan holda bu ko‘rsatkichni 96 % dan oshiramiz.

Tarkibiy qismlarning salomatlik, atrof-muhit va jamiyatga ta’sirini baholab, faqat eng ishonchlilarini tanlaymiz va ayrimlaridan voz kechamiz. Bugungi kunda Yevropa me’yorlarida nazarda tutilganidan tashqari yana 450 ta tarkibiy qism formulalarimizdan chiqarilgan*.

1989-yildan beri kosmetik mahsulotlarimizning hech biri hayvonlarda sinovdan o‘tkazilmaydi. Biz bunday sinovlardan Yevropadagi taqiqdan 15 yil oldin voz kechganmiz. Shuningdek, Xitoyda mahsulot sotishni to‘xtatdik: u yerda vakolatli organlar kosmetikani sotuvga chiqarishdan oldin mustaqil sinov o‘tkazish haqida bir tomonlama qaror qabul qilishi mumkin.

*Kosmetik mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish talablarini hamda kosmetikada qo‘llash taqiqlangan tarkibiy qismlarni belgilovchi Yevropa Ittifoqining 1223/2009-sonli kosmetika reglamentiga asosan.

PLASTIK SARFINI KAMAYTIRISH UCHUN YANGI GO‘ZALLIK ODATLARI

Qattiq kosmetikamiz tufayli plastik chiqindi qolmaydi.
Dush gellarimizning almashtiriladigan eko-qadoqlari to‘liq qayta ishlanadi va ularda 4 baravar kam plastik ishlatiladi*.

BATAFSIL

Plastik miqdorini kamaytirishni ustuvor vazifamiz deb belgiladik.

2030-yilga kelib plastik sarfini 30 % ga kamaytirish**, 100 % qayta ishlangan plastikdan foydalanish va qadoqlarning 100 % qayta ishlashga yaroqli bo‘lishini ta’minlash majburiyatini olamiz.

Bu vazifani bajarish yo‘lida mijozlarimizga yangi go‘zallik odatlarini shakllantirishda yordam beramiz.

Quyidagilarni tanlab, odatlarimizni birgalikda o‘zgartiraylik:

Plastik chiqindi qoldirmaydigan qattiq kosmetikamiz.
To‘liq qayta ishlanadigan va 4 baravar kam plastik ishlatilgan* almashtiriladigan eko-qadoqlardagi dush gellarimiz.

Bularning barchasi yoqimli tekstura va foydalanish zavqini saqlagan holda!

*400 ml hajmli dush va vanna geli flakoni bilan solishtirganda, g/ml hisobida.
**2019-yilga nisbatan, tonna plastik hisobida.

ORGANIK SERTIFIKATGA EGA, AGROEKOLOGIYA QOIDALARI ASOSIDA YETISHTIRILGAN O‘SIMLIKLAR

La Gasiyidagi asosiy o‘simliklarimiz 1999-yildan beri organik (BIO) sertifikatga ega.
Brendga tegishli 60 gektar maydonda tuproq va biologik xilma-xillikni tiklashga yordam beruvchi agroekologik qishloq xo‘jaligi modeli asosida ekin yetishtiriladi.

BATAFSIL

La Gasiyidagi asosiy o‘simliklarimiz* 1999-yildan beri organik (BIO) sertifikatga ega. Brendga tegishli 60 gektar maydonda tuproq va biologik xilma-xillikni tiklashga yordam beruvchi agroekologiya qoidalari asosida ekin yetishtiriladi.

Ushbu barqaror qishloq xo‘jaligi modeli tabiiy resurslarni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni boyitish va hududdagi insonlar hamkorligini birlashtiradi. Kompleks yondashuv hamkor fermerlar bilan birga innovatsiyalarni joriy etish va o‘simlik yetishtirishning yangi usullarini doimiy o‘rganish imkonini beradi. Tirik to‘siqlar, almashlab ekish va o‘simlik qoplamalari agroekologiyaning ajralmas qismidir: ular tuproq, hayvonot va o‘simlik dunyosining yaxshi holatini saqlab, biologik xilma-xillikni asrashga yordam beradi.

2030-yilgacha maqsadimiz — ushbu qishloq xo‘jaligi modelini La Gasiyi ekotizimidagi 110 gektar yerda yanada ko‘proq o‘simlik turlariga tatbiq etish.

*Arnika, bo‘tako‘z, kalendula, dorivor moychechak, Rim moychechagi, nastursiya, edulis, muz o‘ti va qalampir yalpiz. Bu o‘simliklar brend mahsulotlari formulalarining yarmidan ko‘pida mavjud.

O‘SIMLIK TARKIBIY QISMLARINI YANADA BARQAROR YETKAZIB BERISH

La Gasiyidagi o‘simliklari uchun insonlar va biologik xilma-xillikka ehtiyotkor munosabatni kafolatlovchi Axloqiy biosavdo ittifoqi (UEBT) sertifikatini olgan birinchi fransuz brendi.
O‘simlik xomashyosining 150 dan ortiq manbasi mustaqil tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan: Organik qishloq xo‘jaligi (AB), Axloqiy biosavdo ittifoqi (UEBT), Adolatli savdo (FairTrade) va boshqalar.

BATAFSIL

Biz o‘simlik tarkibiy qismlarini yetkazib berishni yanada barqaror qilish ustida ishlaymiz.

Yves Rocher La Gasiyidagi o‘simliklari uchun Axloqiy biosavdo ittifoqi (UEBT) sertifikatini olgan birinchi fransuz brendi bo‘ldi. Bu belgi insonlar va biologik xilma-xillikka g‘amxo‘rlik bilan xomashyo yetkazib berishga sodiqligimizni tasdiqlaydi.

Dunyo bo‘ylab o‘simlik xomashyosining 450 ta manbasidan 150 dan ortig‘i allaqachon mustaqil tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan: Organik qishloq xo‘jaligi (AB), Axloqiy biosavdo ittifoqi (UEBT), Adolatli savdo (FairTrade). Biz joylarda qat’iy ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy standartlarga rioya etilishini kuzatamiz. 2030-yilga kelib sertifikatlangan xomashyo manbalari sonini 250 dan oshirishga intilamiz.

QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI HAMKORLARIMIZ FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH

Fransiya va dunyo bo‘ylab 7 200 dan ortiq hamkor qishloq xo‘jaligi amaliyoti va iqtisodiy rivojlanish borasida ko‘mak oladi.

BATAFSIL

Biz Fransiya va dunyo bo‘ylab 7 200 dan ortiq hamkorimizga* qishloq xo‘jaligi amaliyoti va iqtisodiy rivojlanishda ko‘maklashib, ular faoliyatining barqarorligini ta’minlashga yordam beramiz.

Bilim almashish va barqaror dehqonchilik usullarini qo‘llab-quvvatlash kabi ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilarni yil davomida daromad manbalari bilan ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi iqtisodiy diversifikatsiya choralari amalga oshiriladi. 2030-yilgacha hamkorlarimizni faol qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

*2022-yil ma’lumotlariga ko‘ra.

KAMROQ ENERGIYA VA SUV SARFLAYDIGAN KOSMETIKA SANOATI

2022-yil oxiriga kelib La Gasiyidagi korxonalarimizda uglerod chiqindilari 32 % ga kamaydi. 2025-yilga kelib ularni 75 % ga kamaytirish maqsad qilingan*.
La Gasiyidagi korxonalarimizda suv sarfi 23 % ga kamaydi. 2030-yilga kelib uni 30 % ga kamaytirish maqsad qilingan**.

BATAFSIL

Brendimiz vatani La Gasiyida sanoat va logistika markazlarimiz joylashgan. Bu yerda energiya samaradorligini oshirishga intilamiz va 2025-yilga kelib uglerod chiqindilarini 75 % ga kamaytirishni rejalashtirganmiz*. 2022-yil oxiriga kelib ularni allaqachon 32 % ga kamaytirdik.

Shuningdek, barcha sanoat markazlarimizda rezervuarlarni yuvish kabi jarayonlarni optimallashtirish orqali suv resurslaridan mas’uliyat bilan foydalanamiz. Hozirga kelib texnik suv sarfini 23 % ga kamaytirdik** va 2030-yilga kelib uni 30 % ga kamaytirishni maqsad qilganmiz.

La Gasiyini energiya samaradorligi namunasi sifatida olsak, faoliyatimizning barcha yo‘nalishlarida ish sur’atini tezlashtirish va choralar ko‘rish zarurligini anglaymiz. Shu sababli transport, mahsulotlar, biznes, sanoat markazlari va butiklarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish ustida yanada faol ishlaymiz. Maqsadimiz — 2030-yilga kelib bevosita va bilvosita chiqindilarimizni 50 % ga kamaytirish*.

*2019-yilga nisbatan, tonna uglerod hisobida.
**2019-yilga nisbatan, bir tonna mahsulotga sarflanadigan kub metr suv hisobida.

TABIAT MANFAATI YO‘LIDA FAOL ISHLAYDIGAN XODIMLAR

Xabardorlikdan amaliy harakatga:

Xodimlarimizning 100 % ekologik masalalar bo‘yicha ta’lim olgan.
2030-yilga kelib ularning barchasi tabiat va o‘simliklarni muhofaza qiluvchi mahalliy uyushmalar bilan hamkorlikda joylarda faoliyat olib boradi.

BATAFSIL

Kompaniyamiz ichida tashkil etilgan ma’rifiy dastur tufayli xodimlarimizning 100 % ekologik masalalar bo‘yicha ta’lim oldi va brendimizning «o‘simliklar kuchini ochib berish, himoya qilish va boshqalarga yetkazish» missiyasi bilan tanishdi.

Korporativ ijtimoiy mas’uliyatdan xabardor hamda o‘simliklarni muhofaza qilishga befarq bo‘lmagan xodimlarimiz mahalliy uyushmalar bilan birgalikda aniq choralar ko‘rmoqda. Maqsad — 2030-yilga kelib har bir xodimning tabiat va o‘simliklarni asrashga qaratilgan bitta mahalliy tadbirni har yili o‘tkazishini ta’minlash.

YVES ROCHER FONDI FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH

30 yildan ortiq davom etayotgan hamkorlik tufayli Yves Rocher fondi 45 mamlakatda 125 milliondan ortiq daraxt ekdi va ularni muhofaza qilmoqda.

BATAFSIL

Biz jamoat manfaatiga xizmat qiluvchi tashkilot sifatida e’tirof etilgan Yves Rocher fondi faoliyatini 30 yildan ortiq vaqtdan beri qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ushbu hamkorlik tufayli 71 ta nodavlat tashkilot bilan yaqindan ishlagan holda 45 mamlakatda 125 milliondan ortiq daraxt ekildi va muhofaza qilinmoqda.

Daraxtlarning iqlim o‘zgarishi va biologik xilma-xillikning kamayishiga qarshi kurashdagi muhim o‘rniga ishongan Yves Rocher fondi o‘rmonlar, qishloq xo‘jaligi yerlari va hatto shaharlarda turli daraxt turlarini, jumladan mahalliy endemik turlarni ekishda davom etmoqda. Maqsad — 2030-yilga kelib ekilgan va muhofaza qilinadigan daraxtlar sonini 150 millionga yetkazish.

BIRGALIKDA HAR KUNI TABIATGA YAQINROQ BO‘LAYLIK

Tabiat va o‘simliklarni asrash majburiyatlarimizga sodiq qolib, har kim o‘z imkoniyati darajasida harakat qila olishi uchun 2025-yildan boshlab yangi fuqarolik tashabbuslari majmuasi ustida ishlamoqdamiz.

BATAFSIL

2030-yilgacha maqsadimiz — o‘z majburiyatlariga sodiq, tabiat va o‘simliklarni himoya qilish yo‘lida harakat qiladigan hamjamiyat yaratish.

Shu bilan birga, har kim o‘z imkoniyati darajasida hissa qo‘sha olishi uchun 2025-yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan yangi fuqarolik tashabbuslari majmuasi ustida ishlamoqdamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot tez orada e’lon qilinadi.

Har birimizda amaliy harakat qilish imkoniyati bor. Shu bois yanada barqaror go‘zallik sari kundalik yo‘lingizda sizga hamroh bo‘lamiz.

Yves Rocher

IJTIMOIY MISSIYAGA EGA KOMPANIYA MAQOMI

2019-yil oxirida biz Fransiyaning PACTE qonuniga (Biznesni rivojlantirish va o‘zgartirish bo‘yicha harakatlar rejasi) muvofiq Entreprise à mission — ijtimoiy missiyaga ega kompaniya maqomini olgan birinchi xalqaro guruh bo‘ldik.

Bu jiddiy majburiyat Guruhimizning ijtimoiy missiyasini iqtisodiy missiyasi bilan birdek muhim qilishga intilishimizni ifodalaydi.

SERTIFIKATLARIMIZ VA HAMKORLIGIMIZ
Organik qishloq xo‘jaligi — Agriculture Biologique (AB)
UEBT sertifikatiga ega
1% for the Planet
LPO qushlar qo‘riqxonalari
Botanika bog‘larini muhofaza qilish xalqaro tashkiloti (BGCI)
Plastik qadoqlar bo‘yicha milliy pakt