Verte Envolée atir suvi, 100 ml
Verte Envolée atir suvi, 100 ml
Shoshiling, omborda atigi 5 ta mahsulot qoldi.
Olib ketish imkoniyati haqidagi ma’lumotlarni yuklab bo‘lmadi.
Tavsif
Tavsif
Verte Envolée Yves Rocher — Limonning nordon tetikligi, Qora Choyning o‘ziga xos akkordi va Atirgulning mayin notalarini birlashtirgan sitrus-choyli ifor. Kompozitsiya quyosh nurlarida tovlanayotgan yashil tekisliklar energiyasi va cheksiz dalalar uzra esayotgan shamol tetikligini ifodalaydi.
Verte Envolée ifori
Limonning yorqin notasi kompozitsiyaga sitrusli tetiklik bag‘ishlaydi. Qora Choy o‘ziga xos nordon akkord bilan ochiladi, Atirgul esa iforni nozik gulli jarang bilan yumshatadi.
Olfaktor guruhi: sitrus-choyli.
Ifor notalari: Limon, Atirgul, Qora Choy.
«Shamol cheksiz dalalar uzra kezadi, yashil manzara jonlanadi, atrof energiyaga to‘ladi…»
Sofi Labbe, parfyumer
Verte Envolée yoki «Tetiklik Girdobida».
Qadoq va uni saralash
Yves Rocher parfyumeriyasi atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida ortiqcha qadoqlarsiz yaratiladi:
- shisha flakon qayta ishlanishi mumkin;
- quti to‘liq qayta ishlanishi mumkin;
- o‘rmonlarni asrashga ko‘maklashuvchi FSC™ sertifikatiga ega kartondan foydalaniladi.
Karton qutini qog‘oz va karton uchun, flakonni shisha uchun, qopqoqni esa plastik uchun mo‘ljallangan konteynerga tashlang. Chiqindilarni saralash orqali qadoqqa ikkinchi hayot berishga yordam berasiz.
Ehtiyot choralari
Ta’sirlangan teriga surtmang. Ko‘zga tushishidan saqlaning. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang. Yonuvchan.
Verte Envolée Yves Rocher iforini Toshkentda xarid qilish va O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berishga buyurtma qilish mumkin.

