{"product_id":"parfiumirovannyi-nabor-granit-bleu-32063","title":"«Granit Bleu» parfyumeriya to‘plami","description":"\u003cp\u003e\u003cspan\u003eGranit Bleu Yves Rocher erkaklar sovg‘a to‘plami 100 ml hajmdagi atir suvi va 50 ml hajmdagi shampun-dush gelini birlashtiradi. Dengiz-yog‘ochsimon kompozitsiyada Bergamot tetikligi, Suvo‘tlarning mineral akkordi va Vetiverning iliq notalari uyg‘unlashadi. O‘ziga xos sovg‘a qutisi to‘plamni to‘ldiradi.\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003ch2\u003e\u003cspan\u003eGranit Bleu ifori\u003c\/span\u003e\u003c\/h2\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003eGranit Bleu kompozitsiyasi dengiz tubidagi nim qorong‘ilik va suv yuzasining yorqinligi o‘rtasidagi kontrast asosida yaratilgan. Bergamot tetikligi Suvo‘tlarning yengil yod tuslariga ega mineral akkordini ta’kidlaydi, Vetiverning yog‘ochsimon notalari esa kompozitsiyaga iliqlik bag‘ishlaydi.\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003eOlfaktor guruhi: dengiz-yog‘ochsimon.\u003c\/span\u003e\u003cbr\u003e\u003cspan\u003eIfor notalari: Bergamot, Suvo‘tlar, Vetiver.\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003e«Kompozitsiya to‘rt qo‘lda yaratildi. Bu men tug‘ilib o‘sgan Bretan qirg‘oqlari yaqinidagi sirli chuqurliklarga sayohatdir. Biz tasavvur va haqiqatni birlashtirdik: mening okean haqidagi xayollarim hamda Giyomning dayvingga bo‘lgan qiziqishi tufayli orttirgan suvosti olamini o‘rganish tajribasi.\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003eBu o‘zini va tabiatni qayta kashf etishga intiladigan, sarguzasht izlovchi erkaklar uchun yaratilgan ifor. Granit Bleu Suvo‘tlarning yengil yod tuslariga ega yorqin mineral tetikligi va Vetiverning iliq yog‘ochsimon notalari kontrasti asosida qurilgan. Ularning to‘yingan jarangi okean qudratini ifodalaydi.\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003eGiyom va men uchun duet bo‘lib ishlash sharaf edi, chunki har birimiz iforga o‘z qarashimizni, dengiz tubi haqidagi o‘z tasavvurimizni olib kirdik».\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003eNadej Le Garlantezek va Giyom Flavinyi, parfyumerlar\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003eGranit Bleu yoki «Okean Qoyalari».\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003ch2\u003e\u003cspan\u003eSoch va tana uchun shampun-gel\u003c\/span\u003e\u003c\/h2\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003eMayin gelsimon teksturaga ega, yumshoq ko‘pik hosil qiluvchi Granit Bleu shampun-gelining o‘simlik asosidagi yuvuvchi tarkibi sulfatli sirt faol moddalarni o‘z ichiga olmaydi*. Vosita sochlar va terini nozik tozalab, Bergamot hamda Vetiverning yengil iforini qoldiradi.\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003ch2\u003e\u003cspan\u003eSovg‘a to‘plami tarkibi\u003c\/span\u003e\u003c\/h2\u003e\n\u003cul\u003e\n\u003cli\u003e\u003cspan\u003eGranit Bleu atir suvi, 100 ml;\u003c\/span\u003e\u003c\/li\u003e\n\u003cli\u003e\u003cspan\u003eGranit Bleu shampun-dush geli, 50 ml;\u003c\/span\u003e\u003c\/li\u003e\n\u003cli\u003e\u003cspan\u003eErkaklar to‘plami uchun sovg‘a qutisi.\u003c\/span\u003e\u003c\/li\u003e\n\u003c\/ul\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003eGranit Bleu Yves Rocher erkaklar sovg‘a to‘plamini Toshkentda xarid qilish va O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berishga buyurtma qilish mumkin.\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e\n\u003cp\u003e\u003cspan\u003e*\u003c\/span\u003e\u003cspan\u003e Sulfatli sirt faol moddalarsiz.\u003c\/span\u003e\u003c\/p\u003e","brand":"Yves Rocher","offers":[{"title":"Default Title","offer_id":54734335017243,"sku":"32063","price":777200.0,"currency_code":"UZS","in_stock":true}],"thumbnail_url":"\/\/cdn.shopify.com\/s\/files\/1\/0955\/8717\/2635\/files\/ee4045e8-5c31-4d27-8c4c-d1776cf9efe3.jpg?v=1795159152","url":"https:\/\/yves-rocher.uz\/uz\/products\/parfiumirovannyi-nabor-granit-bleu-32063","provider":"Yves Rocher","version":"1.0","type":"link"}